
"Manchester Yunayted" vinger transferi bo‘yicha faol muzokaralarni olib bormoqda
"Manchester Yunayted" "Brentford" hujumkor vingeri Brayan Mbeumoni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ish olib bormoqda. 25 yoshli kamerunlik futbolchi ko‘pdan beri "qizil iblislar"ga o‘tishga rozilik bergan, ammo klublar o‘rtasidagi muzokaralar hozircha samara bermagan.
Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, ayni damda MYu va "Brentford" rasmiy vakillari o‘rtasida faol muzokaralar davom etmoqda. Mankunianliklar kelasi hafta oxirigacha transfer bo‘yicha rozilik olishga umid qilmoqda.
Aytish joizki, Mbeumo manchesterliklar bilan og‘zaki kelishuvga erishgan va boshqa klublar bilan muzokara olib bormayapti. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 55 million evro deb baholagan.
Fikrlar