Oq Uydagi tarixiy kechada "Kapitan Amerika" g'alaba qozondi

  • 19.06.2026 07:05
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bir necha kun oldin qarib bir yildan beri intiqilik bilan kutilgan turnir bo‘lib o‘tdi. Ettita jangning oltitasida favorit sportchilar g‘alaba qozongan bo‘lsa, bittasida imkoniyatlari past sanalgan jangchi zafar quchdi. Qolaversa, yetti jangning yettisi ham muddatidan oldin yakuniga yetdi. Ushbu kard kutilganidek, “yil kardi” nominatsiyasiga da’vogar bo‘lib turibdi.

Mazkur kechada turli xil hikoyalar guvohi bo‘ldik. Ikkinchi bor yiqilib, takror oyoqqa turgan Diego Lopes, chempionlik kamari uchun titul bahsga yaqinlashgan Shon O’melli, yo‘ldan chiqayotganini ezib, yanchib o‘tayotgan Josh Hokit, potensial GOATni uxlatgan Siril Gan, Chandler nomli shishirilgan balonni yorib yuborgan Ruffi va nihoyat chempionlikni qo‘lga kiritgan Justin Geyji va hokazo…

Ulardan batafsil e’tiborimizni qaratadiganimiz kechaning markaziy uchrashuvidir. Ushbu jangda amerikalik g‘alaba qozondi. UFC da "Olmos" laqabi Dastin Poryega berilgan edi, lekin Justin ham "Diamond" bo‘lib chiqdi. Bilamizki, u MMAdan avval konda oddiy ishchi bo‘lib ishlagan, hozir esa mamlakatning qasri – Oq Uyda “Kapitan Amerika”ga aylanayapti. 

Birinchi raundda qahramonimiz aktiv boshlandi, lekin raund oxirlariga kelib Iliya faollikni oshirdi va ochkolar borasida oldinga chiqib oldi. Ikkinchi raundda esa Topuriya yaqqol ustunlik qildi va Justinni har ko‘yga soldi. Ham "strayking"da, ham grepplingda uni finish qilayotgandi. Birinchi raundda G’etji raqibining ko‘z sohasiga zarba berib qizartirib qo‘ygan edi, 3 raundda ana shu nuqtaga ketma-ket zarbalar berdi va momataloq qilib yubordi. Bu safar amerikalikning foydasiga! Tanaffusda Iliyaning burchagidagi akasi doktorni chaqirdi va jangni to‘xtatishini so‘radi, doktor tekshirganidan keyin uni ma’qulladi, ammo ukasi bunga izn bermadi. To‘rtinchi raundda esa Justin yaqqol ustunlikka erishdi. Topuriya ham uchta ko‘rayotgan raqibining o‘rtadagisiga zarbalar berib idora qilib turdi. Orada G’etji Iliyaning biqiniga tizza zarbasini berib, qovurg‘asini sindirayozdi, sindirgan bo‘lish ehtimoli ham yo‘q emas. 

To‘rtinchi raund tugagach Topuriya stulga o‘tiraman, deb yerga o‘tirib olishiga oz qolgandi, burchagidagilar stulga o‘tkazib qo‘yishdi. Bu holatda jangga davom eta olmasligini his qilgan Aleksandr ukasini tinglab o‘tirmay bahsni to‘xtatdi. Boksda bunday holatda ringga sochiq tashlanadi.

So‘ngi paytlar mo‘jizalarga boy o‘tyapti. Kimni yaqqol favorit, desak o‘sha mag‘lub bo‘lyapti. Ayniqsa, P4P reytingining TOP 4 ini Kavkaz mamlakatlari vakillari egallab turgan edi. Ular UFC da hukmronlik o‘rnatib olishgandi. Biroq dastlab, Merab, ortidan Hamzat, endi Topuriya mag‘lubiyatga uchradi. Navbat Islomgami, yoki bu "la’nat" unga kelganda to‘xtaydimi?

Justin esa 37 yoshida uddalab bo‘lmas ishni bajardi. Bu yoshda engil vaznda chempion bo‘lish juda qiyin. Agar amerikalik faoliyatini shu nuqtada yakunlasa, hikoyasi chiroyli yakun topgan bo‘lardi, lekin nafsi bunga yo‘l qo‘yar mikin?! Kamarni himoya qilish oson emas, zero qarshingda Arman Tsarukyan kabi raqib turganda. 

Lekin yaqin orada Arman kamar uchun jang qilishga ruhsat ololmasa kerak, boisi u Oq Uydagi turnirni sug‘urtalash o‘rniga borib RAF da kurashdi. Jazosi tugamagan bo‘lsa, Topuriya bilan jang qilishi mumkin. Bu holatda G’etji Charlz bilan urishishiga to‘g‘ri kelsa kerak.

Azizbek G‘OZIY tayyorladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!