Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2031 yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi mezbonligiga ariza topshirgan nomzodlar nomini rasman ma’lum qildi

  • 11 aprel, 12:03
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 35-Kongressi oldidan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida OFK Ijroiya qo‘mitasining 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Unda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2031 yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish uchun ettita nomzoddan ariza kelib tushgani e’lon qilindi. OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa bu tashabbuslarni turnir tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich, deya baholadi.

OFK prezidenti qit’adagi barcha a’zo assotsiatsiyalarning yuksak fidoyiligi va tashabbusini e’tirof etdi, deyiladi rasmiy xabarda

Qayd etilishicha, OFK 2025 yil 31 martgacha milliy terma jamoalar o‘rtasidagi qit’a birinchiligini o‘zida qabul qilish uchun quyidagi assotsiatsiyalardan arizalarni qabul qildi:

Avstraliya 
Hindiston
Indoneziya
Koreya Respublikasi
Kuvayt
BAA
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasi (qo‘shma ariza)

Kelib tushgan rekord darajadagi arizalar — bu turnirning nufuzini yana bir bor tasdiqlaydi. OFK Ijroiya qo‘mitasi nomidan barcha a’zo assotsiatsiyalarimizga chuqur minnatdorlik bildiraman, dedi OFK prezidenti.

Endilikda OFK nomzod assotsiatsiyalar bilan belgilangan vaqt va talablar asosida tanlov hujjatlarini tayyorlash va topshirish jarayonini boshlaydi. 

OFK Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida, shuningdek, barcha qo‘mitalarning, jumladan, OFK Osiyo Kubogi Tashkiliy qo‘mitasi, OFK Moliya qo‘mitasi, OFK Musobaqalar qo‘mitasi va OFK Professional futbol qo‘mitasining qarorlari tasdiqlandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!