Rasman: Karim Benzema "Al-Hilol" futbolchisi!

  • 03.02.2026 02:49
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Oltin toʻp" sohibi Karim Benzema "Al-Ittihod"dan "Al-Hilol" jamoasiga oʻtdi. Bu haqida  klub matbuot xizmati ijtimoiy tarmoq orqali maʼlum qildi.

OAV xabariga koʻra, 38 yoshli fransiyalik hujumchi bilan tuzilgan shartnoma 2027 yil yozigacha moʻljallangan. Benzema joriy mavsumda "Al-Ittihod" safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol muallifi boʻldi.

Maʼlumot uchun, futbolchi 2023 yildan beri Saudiya Arabistoni chempionatida oʻynab kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!