"Real" futbolchisi Manchesterga yo‘l oladi

  • 1 yanvar, 2017, 16:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
"Real" yarim himoyachisi Isko faoliyatini "Manchester Siti" jamoasida davom ettirishga yaqin turibdi. Ispaniya futbolini yaxshi tushunadigan Xosep Gvardiola bu futbolchini o‘z yoniga chorlamoqda.
 
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanga Iskoning o‘yini ma’qul kelmoqda va klub futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda. Biroq, Isko unga kam o‘yin amaliyoti berilayotganidan norozi bo‘lib, jamoani tark etishni istayapti.
 
 
Xosep Gvardiola esa Iskoni "Manchester Siti"da qo‘llayotgan o‘yin usuliga to‘g‘ri keladigan futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Ispaniyalik yarim himoyachining o‘zi mavsum oxirigacha "Real"da qolib, keyin bir qarorga kelishini aytdi.
 
Ayni paytda Iskoning transfer bahosi 35 million evroni tashkil qilmoqda. Ispaniyalik charm to‘p ustasi La ligada 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!