
"Real" yarim himoyachisi ikkita o‘yinga chetlatildi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Ispaniya chempionatida ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli futbolchi La Liganing so‘nggi turida "Osasuna"ga qarshi bahsda (1:1) maydondan chetlatilgan edi. Yarim himoyachi hakamga "yo‘qol" deb aytgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan.
Hakamlar komitetining rasmiy bayonotiga ko‘ra, Bellingem hakamga nisbatan hurmatsizlik qilgani uchun ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan.
Angliyalik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 33 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, "Real" yaqin ikki turda "Jirona" bilan o‘z maydonida, "Betis" bilan esa safarda o‘ynaydi.
Fikrlar