
Janjalkash hujumchi Italiyani tark etadi
Qo‘pol xarakteri evaziga jamoasini tez-tez alishtiradigan hujumchi Mario Balotelli yozda “Breshiya”ni ham tark etadigan bo‘ldi.
29 yoshli italiyalik hujumchiga ayni paytda Turkiya va Braziliyadan taklif bo‘lyapti. Uning o‘zidan mashhur agenti Mino Rayola o‘z mijozini ishga joylash uchun “Galasaroy” va “Vasko da Gama” klublari bilan muzokara olib bormoqda.
“Breshiya” bilan 2022 yilning yozigacha shartnomaga ega bo‘lgan Balotelli bu mavsumda 19 ta o‘yinda beshta gol urdi.
Fikrlar