Tezkor! Tarixda birinchi bor La Liga murabbiylari ish tashlashga tayyorlanmoqda

  • 3 sentabr, 2024, 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya yuqori divizioni – La Liga jamoalarini boshqarayotgan bosh murabbiylari o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi.

Tecno

Marca nashrining ma’lum qilishicha, ular klublar bosh murabbiylarni iste’foga chiqarganidan keyin mablag‘ to‘lamayotganliginidan xavotir bildirgan.

Bu holatning yuzaga kelishiga “Vilyarreal” Kike Setenni va “Real Ovedo” Alvaro Kerverani bo‘shatganidan keyin ularga to‘lovni amalga oshirmagani sabab bo‘ldi. Murabbiylar hamkasblari iste’foga chiqarilganidan keyin ularga ko‘zda tutilgan mablag‘lar to‘liq to‘lanishiga erishmoqchi. Agar bu amalga oshsa, La Ligada iste’folar soni sezilarli darajada kamayishi kutilmoqda.

Yig‘ilishdan keyin “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti tez orada La Liga rahbariyati bilan muzokara o‘tkazilishini aytdi. Agar tomonlar murosaga kela olmasa, murabbiylar ish tashlash uyushtirishga kelishib olgan.

Ispaniya chempionatlari tarixida hali murabbiylarning ish tashlashi kuzatilmagani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!