Xorvatiyani hayratga solgan Argentina Devis kubogini uyga olib ketdi

  • 28 noyabr, 2016, 09:35
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
 
Tennis bo‘yicha norasmiy jahon chempionati - Devis kubogi Argentina terma jamoasiga nasib etdi.
 
Ushbu nufuzli musobaqa finalida Xorvatiya va Argentina terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Dastlabki ikki kunga bellashuvlardan so‘ng Xorvatiya terma jamoasi 2:1 hisobida oldinda borayotgan edi. Biroq uchinchi kunga bellashuvlar mehmon jamoaga omad keltirib, mezbonlarni hayratga soldi.
 
Uchinchi kungi bellashuvlarni Marin Chilich va Xuan Martin del Potro boshlab berdi. Agar ushbu uchrashuvda Chilich g‘alaba qozongudek bo‘lsa, Xorvatiya bosh sovrinni naqd qilar edi. Aslida bahs Chilich uchun omadli boshlandi va u ketma-ket ikki setni o‘z foydasiga hal qildi - 7:6, 6:2.
 
Biroq, Xuan Martin del Potro mezbonlarni hayratga solib, boy berilgan uchrashuvni g‘alaba aylantira oldi. Argentinalik raketka ustasi 7:5, 6:4, 6:3 hisobidagi muvaffaqiyatdan so‘ng umumiy hisobni tenglashtirdi - 2:2.
 
Nihoyat bosh sovrin sohibini aniqlaydigan hal qiluvchi so‘nggi bahsda Federiko Delbonis tajribali Ivo Karlovichni qiyinchiliksiz 6:3, 6:4, 6:2 hisobida engib, Argentinaga 3:2 hisobidagi g‘alaba va Devis kubogini taqdim etdi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!