
Xorxe Fossati: O‘zbekistonga "tabletka" yordam berdi
Bir necha daqiqa oldin JCh-2018 3-saralash bosqichi 7-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Qatar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvdan so‘ng har ikki terma jamoa bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda dastlab mehmonlar ustozi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Ancha asabiy ruhdagi o‘yin bo‘ldi. Shu bilan birga qiyin o‘tdi. Birinchi bo‘limda to‘pni nazorat qildik. Ammo bizning ustunligimiz hisobda aks etmadi. Tanaffusda O‘zbekistonga bosh murabbiyi ko‘rsatma va tabletka berdi. Shundan so‘ng ular ancha hotirjam harakat qilishdi. Jarima zarbasi belgilangan vaziyatda hakamdan so‘rasam u qorniga tepdi deb ishora qildi. Ammo vaziyat unday bo‘lmagandi.Mayli hakam qaror chiqardi. Uning vijdoniga havola. Shunaqa qulay imkoniyatdan Odil Ahmedovdek o‘yinchi foydalanishi aniq.
Men O‘zbekistonni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Ular hakamlar xatosiga javob berishmaydi. Ular zafar quchishdi. Ammo uchrashuv davomida hakamlar ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Balki bahsni takrorini ko‘rsam balki fikrim o‘zgarar.Qolaversa, biz saralash bosqichining shu pallasida kurashni to‘xtatdik. Shuni aytishimiz mumkinki, biz boshimizni baland tutgan holda tark etmoqdamiz. O‘zbekistonni qanday yaxshi jamoa ekanligiga shubha qilmayman.
Fikrlar