1+1=1. PSJ Ikardini qo‘lga kiritishning yangi formulasini o‘ylab topdi

  • 10 may, 2020, 09:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ klubi rahbariyati "Inter" hujumchisi Mauro Ikardini qo‘lga kiritishning yangi yo‘lini topdi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, parijliklar argentinalik forvard uchun talab qilinayotgan 70 mln evroni to‘lashmoqchi emas va shuning uchun “neradzurrilar”ga o‘zlarining 2 nafar futbolchisini qo‘shib berishmoqchi. Aniqrog‘i, Frantsiya chempioni Leandro Paredes va Yulian Drakslerni "Inter"ga yubormoqchi.

Paradesning ayni damdagi transferi 20 mln, Drakslerniki esa 24 mln evroga baholanmoqda.

Mavsumni PSJ safida o‘tkazayotgan Ikardi 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!