13 yil o‘tib futbolchi “Barselona” darvozasiga xet-trik urdi

  • 14 may, 2018, 11:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Ispaniya chempionati 37-turida “Barselona” safarda “Levante” mehmoni bo‘lib, kutilmaganda 4:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mezbonlar vakili Emmanuel Boateng kataloniyaliklar darvozasiga uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Boateng so‘nggi 13 yilda mamlakat chempionati doirasida “Barselona” darvozasiga 3 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Kataloniyaliklar darvozasiga La Liga doirasida oxirgi marta 2005 yili “Vilyarreal” hujumchisi Diego Forlan xet-trik rasmiylashtirgan edi.

Qayd etish joiz, “Barselona” joriy mavsumda mamlakat chempionatida birinchi mag‘lubiyatini qabul qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!