
14 iyul kuni "Loko" bilan shartnoma imzolagan futbolchi endi "Dinamo"ga o‘tdi
"Dinamo" jamoasi Pro liga 2-davrasi oldidan o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
Yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida Samarqand klubi safiga Murod Toshmatov kelib qo‘shildi. O‘tgan mavsumlar davomida Superliga vakili OKMK klubi sharafini himoya qilgan 32 yoshli yarim himoyachi bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolandi. Toshmatov "Dinamo" safiga erkin agent maqomida qo‘shildi.
Murod Toshmatov faoliyati davomida "So‘g‘diyona", "Metallurg", "Bunyodkor" va OKMK klubi sharafini munosib himoya qilgan.
Avvalroq, "Lokomotiv" uni o‘z futbolchisi sifatida tanishtirgandi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, post o‘chirib tashlandi.
"Dinamo" klubi matbuot xizmati
Fikrlar