
17 yoshli nemis futbolchisi "Chelsi"ga o‘tishni istamadi
“Gamburg” klubi forvardi Yann-Fete Arp o‘tgan yozgi transferlar davrida Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin edi.
Hamburger Morgenpost nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Londonning “Chelsi” klubi U17 Germaniya terma jamoasi a’zosiga juda ham manfaatli shartnoma taklif qilgan, biroq, yakunda Arp ushbu taklifga rad javobini bergan. Uning “Gamburg” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan.
Ta’kidlash lozimki, yosh iqtidor egasiga “Chelsi”dan tashqari Turinning “Yuventus” hamda Dortmundning “Borussiya” kabi klublari ham jiddiy qiziqish bildirishayotgan edi.
Fikrlar