
18 yoshli Fati o‘z oldiga ulkan maqsad qo‘ydi
"Barselona"ning yosh iqtidorli hujumchisi Ansu Fati Ispaniya terma jamoasi safida “Evro-2020”da ishtirok etmoqchi.
“Evropa chempionatiga boraman, deb umid qilaman. Lekin, avval jarohatimdan sog‘ayishim kerak. Har bir futbolchining orzusi hisoblangan qit’a chempionatiga borish nasib qiladimi yoki yo‘q, buni bilmayman. Men har kuni ham futbolchi, ham inson sifatida o‘sishga intilaman”, - dedi Fati.
Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli futbolchi jarohati sabab, o‘tgan yilning noyabridan buyon maydonga tushmayapti. U hozirda tizzasidan olgan jarohatidan davolanmoqda.
Fikrlar