
Husanov o‘rniga “Jumavoy”!
“Manchester Siti” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jamoaning shonli tarixini yaratgan yulduzlar sekin-asta o‘z o‘rnini iqtidorli yoshlarga bo‘shatib beryapti.
Bunga sabab o‘tgan mavsumning birinchi yarmida jamoada yuz bergan inqiroz va buning oqibati “Manchester Siti” biror sovrinsiz qolgani bo‘ldi. Bosh murabbiy Xosep Gvardiola o‘sha inqirozning echimini tarkibni yangilashda ko‘rdi. Natijada yanvar oyining o‘zidayoq yangi ijrochilar tarkibga qo‘shib olindi.
E’tiborli jihati, “Siti” himoya markazi vakillarining aksariyati yoshi kattaligi, jarohatlarga moyil bo‘lib qolgani uchun klub qishda uch nafar yosh markaziy himoyachi – Abduqodir Husanov, Vitor Reys va Juma Bani kelajak uchun o‘z safiga qo‘shib oldi.
Yozda “Manchester Siti”ga o‘zining eng yorqin iste’dodli o‘yinchisini transfer qilgan “Lion”da Xosep Gvardiola shogirdlaridan birini bepul ijaraga olish huquqi bor. Frantsiyaliklar shartnomada ko‘rsatilgan bu imkoniyatdan unumli foydalanish uchun Liga 1 o‘yinlariga moslashgan Abduqodir Husanovni so‘raganidan xabaringiz bor, albatta.
O‘zbek futbolchisi “Lion”ning asosiy nishoni edi. Biroq, Xosep Gvardiola 21 yoshli markaziy himoyachini yangi mavsumga tayyorgarlayotgani uchun uni ijaraga yuborishga ko‘nmadi. “Manchester Siti” yangi chempionatda Abduqodir Husanovga suyanadi.
L’Equipe nashriga ko‘ra, “Lion” Husanovni qo‘lga kirita olmaganidan keyin Oskar Bobb, Jeyms MakEyti, Klaudio Echeverri kabi hujumkor o‘yinchilardan birini olishga urinib ko‘rdi. Biroq bu reja ham amalga oshmadi.
Xosep Gvardiola “Lion”ni boshqarayotgan hamkasbi Paulo Fonsekaga 19 yoshli markaziy himoyachi Juma Bani yuboradigan bo‘ldi. “Shaharliklar” bu o‘yinchini yanvarda “Real Valyadolid”dan sotib olgan va to‘g‘ri “Lans”ga ijaraga jo‘natgan edi. Qshda asosiy himoyachisi Abduqodir Husanovni Manchesterga kuzatgan lansliklar mavsum oxirigacha o‘zbek futbolchisi o‘rnida Juma Ba xizmatidan foydalandi.
“Lans” yangi mavsumda ham bu o‘yinchini ijaraga olib qolmoqchi. Da’vogarlar orasida “Nitstsa”ning nomi ham zikr etilyapti. Lekin Angliya matbuotining yozishicha, Juma Ba “Lion”ga o‘tishga yaqinligi aytilmoqda. Ekspertlarning ta’kidlashicha, 19 yoshli o‘yinchi Manchesterda qolgani bilan asosiy tarkibga kira olmaydi, o‘sish uchun esa, muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish kerak.
“Manchester Siti”da raqobat o‘ta kuchli. Chunki kelasi mavsum himoya markazidagi ikki o‘ringa yangi o‘yinchilar – Abduqodir Husanov va Vitor Reysdan tashqari, Ruben Dias, Yoshko Gvardiol, Natan Ake, Jon Stounz hamda Manuel Akanji singari “Siti”da suyagi qotgan futbolchilar ham da’vogarlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” 20 yanvar kuni Abduqodir Husanovni 40 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. O‘zbek futbolchisi Manchesterga kelishi bilan asosiy tarkibdan joy oldi va Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi, Evropa Chempionlar ligasida jami to‘qqizta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol ham urdi.
Aprel oyidan boshlab, Xosep Gvardiola Husanovni maydonga tushirmay qo‘ydi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, “Manchester Siti” lansliklarga 5 million evro miqdorida qo‘shimcha bonus to‘lamaslik uchun Abduqodirni o‘ynatmagani ma’lum bo‘ldi. “Lans” bilan kelishuv jarayonida agar Husanov yarim mavsumda o‘nta bellashuvda qatnashsa, “shaharliklar” bonus to‘lashi zarurligi oshkor bo‘ldi.
Talash bo‘layotgan Shomurodovning transfer bozoridagi narxi ko‘tarila boshladi!
Shomurodov kuchayib ketdi...
“Top-5” yoki Turkiya: Shomurodov qaysi jamoani tanlagani ma’qul?
Ronaldu Masharipovga: Nima, sen Messining muxlisimisan?!
Fikrlar
Мавхум. АПЛ да порлаши учун куп ковун пишиги бор хали