BEPUL PROPAN

"CIES Football Observatory" tashkiloti futbolchilarning yangilangan transfer narxini e’lon qildi.

Tadqiqot guruhi o‘zining statistik modellariga asoslangan holda, butun dunyo bo‘ylab 75 ligadan 30 mingdan ziyod futbolchining taxminiy transfer summasini taqdim etdi.

Ularning fikricha, ayni paytda eng qimmat futbolchi "Borussiya" Dortmund vakili Jud Bellingem. Angliyalik iste’dodning narxi 208 million evroni tashkil etmoqda. Quyida top-20 bilan tanishish imkoniyatiga egasiz.

1. Jud Bellingem ("Borussiya" Dortmund) – 208,2 mln evro;

2. Fil Foden ("Manchester Siti") – 200,5 mln evro;

3. Kilian Mbappe (PSJ) – 191,7 mln evro;

4. Vinisius Junior ("Real" Madrid) – 190,5 mln evro;

5. Erling Xoland ("Manchester Siti") – 174,9 mln evro;

6. Pedri ("Barselona") – 170,2 mln evro;

7. Gavi ("Barselona") – 147,6 mln evro;

8. Jamol Musiala ("Bavariya") – 145,1 mln evro;

9. Yoshko Gvardiol ("RB Leyptsig") – 125,8 mln evro;

10. Federiko Valverde ("Real" Madrid) – 123,5 mln evro;

11. Rodri ("Manchester Siti") – 117 mln evro;

12. Luis Dias ("Liverpul") – 109,7 mln evro;

13. Frenki de Yong ("Barselona") – 109,3 mln evro;

14. Bukayo Saka ("Arsenal") – 108,7 mln evro;

15. Rodrigo Goes ("Real" Madrid) – 107,4 mln evro;

16. Orelen Chuameni ("Real" Madrid) – 107,2 mln evro;

17. Ferran Torres ("Barselona") – 106,8 mln evro;

18. Ruben Diash ("Manchester Siti") – 105 mln evro;

19. Joau Kanselu ("Manchester Siti") – 103,6 mln evro;

20. Eder Militao ("Real" Madrid) – 102 mln evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!