
2 karra Olimpiada chempioni, afsonaviy Yudzuru Hanyu faoliyatini yakunladi
Yaponiyalik afsonaviy sportchi, figurali uchish bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Yudzuru Hanyu faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.
27 yoshli sportchi yakkalik bahslarida Sochi hamda Pyonchxanda o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida zafar quchgan. Pekinda esa to‘rtinchi pog‘onani band etgandi.
Bundan tashqari, Jahon chempionatida ham ikki marta bosh sovringa ega chiqqan. Mundiallardagi umumiy medallari soni 7 ta. Hanyu figurali uchish tarixida to‘rttalik aylanishni amalga oshirgan ilk sportchi hisoblanadi.
Fikrlar