
2 mln so‘mga jarimaga tortilgan futbolchi “Navbahor” muxlislaridan uzr so‘radi
Bu esa musobaqalar Reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 1-qismi 5.4 bandini buzilganligi ko‘rsatadi. Natijada PFL Abdulhaqovni 2 million so‘m miqdorida jarimaga tortdi.
Futbolchi o‘z qilgan ishidan afsusda ekanligini ta’kidlab, "Navbahor" muxlislaridan uzr so‘radi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
"O‘yin vaqtida futbolchi kuchli his-xayajonlar og‘ushida bo‘ladi. Ayniqsa gol kiritilgan vaqtida o‘z his-hayajonlarini jilovlash biroz qiyin kechadi.Derbida jamoamiz uchun muhim bo‘lgan golni kiritganimdan so‘ng mana shunday xis xayajonlarga berilib, golni nishonlash vaqtida beixtiyor raqib muxlislari tomon yugurdim. Bu esa noto‘g‘ri qaror edi. Shu sabab "Navbahor" jamoasining jonkuyar muxlislaridan bu ishim uchun uzr so‘rayman. Namanganliklarning kelgusi o‘yinlarda omad tilab qolaman", - dedi Abdulhaqov.
Fikrlar