2026 yilgi ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga O‘zbekiston mezbonlik qilishi mumkin

  • 1 avgust, 2022, 14:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK rasmiy sayti 2026 yil ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi mezbonligiga nomzodlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, variantlar orasida O‘zbekiston nomi ham keltirib o‘tilgan. 

Shuningdek, ro‘yxatdan Avstraliya, Iordaniya va Saudiya Arabistoni kabi davlatlar joy olgan. OFK tomonidan yakuniy qaror 2023 yilda e’lon qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilgi musobaqaga Hindiston mezbonlik qildi. Unda Xitoy terma jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi. Finalda Chin yurti vakillari Janubiy Koreya termasini 3:2 hisobida taslim etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!