“Chelsi” a’zolari premer-ligada tengsiz deb topilishdi (Foto)
Kecha Angliya premer-ligasining noyabr oyi laureatlari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra “Chelsi” ustozi Antonio Konte eng yaxshi murabbiy deb topilgan bo‘lsa, “aristoqratlar”ning ikki hujumchisi - Diego Kosta (engyaxshi futbolchi) va Pedro (eng chiroyli gol muallifi)lar ham noyabr oyi laurealari bo‘lishdi. Bu haqda klub rasmiy “tvitteri” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” o‘tgan oy premer-ligada o‘tkazilgan 4ta ("Everton" 5:0, "Midlsbro" 1:0, "Tottenxem" 2:1 va "Manchester Siti" 3:1) uchrashuvning barchasiza g‘alaba qozongan. Kosta esa ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar