Termizda dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi

Termiz shahridagi «Alpomish» sport majmuasida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada 500 nafarga yaqin yosh polvonlar 14 vazn toifasida o‘zaro kuch sinashdi.

Musobaqada Behruz Amindavlatov, Murodjon Yo‘ldoshev, Hikmatullo To‘raev, Sharofiddin Boltaboev, Jasurbek Shukurov, Sardor Shovriqov, Ixtiyor Xolmurodov, Muqaddas Kubaeva, Shahnoza Omonova, Dildora Shermatova, Gulnoza Ziyoeva, Umida Saidova, Kumush Yo‘ldosheva, Dilyara Berdieva o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!