Asosiy mazmunga oʻtish

"3 kun davomida yomon holatga tushdim". AGMKni tark etgan Filiposyan endi qaerda o‘ynaydi?

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Tajribali himoyachi bilan suhbat.

Yangi mavsumga tayyorlanayotgan AGMK tarkibida ayrim o‘zgarishlar yuz berayotganidan boxabar bo‘lsangiz kerak. Yangi futbolchilar qo‘shilyapti, boshqalari ketyapti.

Jamoa bilan xayrlashgan futbolchilar orasida Artyom Filiposyan ham bor. O‘tgan yilning ikkinchi yarmida AGMKga qo‘shilgan tajribali himoyachi hamma qatori o‘z klubi bilan chempionatga tayyorgarlik ko‘rayotgandi. Biroq keyin vaziyat o‘zgarib, futbolchi AGMKni tark etishga majbur bo‘ldi. Bu uning xohishi emasdi.

- AGMKdan ketishingizni kutmagandik. Nima uchun bunday bo‘lganini tushuntirib bersangiz.

- To‘g‘risini aytsam, o‘zim ham vaziyat shunday bo‘lishini kutmagandim. AGMK jamoasiga yaxshi niyatlar bilan kelgandim. Osiyo Chempionlar ligasiga chiqish vazifasi qo‘yilgandi. Bu maqsadni uddaladik. Shartnomani bir yarim yilga qo‘ygandim. Dekabr oyida menga boshqa klublardan takliflar kelib tushgandi. Ammo bu takliflarni ko‘rib ham chiqmadim. Chunki AGMK bilan sovrinli o‘rinlar uchun kurashmoqchi edim va OChLda qatnashish niyatim bor edi. Nimaga shunday bo‘lganiga hayron qoldim.

artyom1_2

- Keyingi rejangiz qanday? Aniq takliflar bormi?

- To‘g‘risini aytsam, kutilmagan holat bo‘ldi. Birorta futbolchi bilan shu narsani bo‘lishini istamayman. Men 3 kun davomida yomon holatga tushdim. Endi o‘zimga keldim. Hozir uydaman, oilam bilan birgaman. Yakka tartibda mashg‘ulotlarni boshladim. Takliflar qanday bo‘lishi mumkin? Chempionat boshlanishiga 15 kun qolganida jamoa men bilan xayrlashdi. Hamma klublar o‘yinchilar bilan to‘lib bo‘ldi. Taklif bo‘lishini kutish juda qiyin masala. Chunki hamma jamoa kerakli o‘yinchilarni olib bo‘lgan. Barcha narsa Allohdan, sabr qilaman, vakt ko‘rsatadi.

- AGMKga o‘tgan yil yarmidan qo‘shilgandingiz. U erdagi faoliyatingizni qanday baholaysiz?

- Faoliyatim haqida hech narsa ayta olmayman. Chunki AGMK tarkibida 6 oy o‘ynadim. Xursandchilik tomoni 4-o‘rinni olib, Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik va bunga o‘z hissamni qo‘shganimdan xursandman.

artyom2_2

- Balki yana legionerga aylanishga ulgurarsiz...

- Hozircha uydaman, nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Biror nima deyish qiyin. Legioner sifatida chetga chiqishga ham endi kech bo‘ldi.

- Baribir biror klubga o‘tishingizga ishonyapsizmi?

- Hozircha o‘zimni yaxshi his qilyapman. Hammasi Xudodan. Mendan faqat harakat va mehnat.

Shuhratbek Jo‘raev.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q