Jahon chempionati: O'zbek bokschisi juda qiyin jang o'tkazdi
Raqib o‘ta kuchli ekan
O‘zbekistonlik bokschi Zulfiqor Adhamjonov Chernogoriyaning Budva shahrida o‘tkazilayotgan 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionatining chorak finalida navbatdagi jangini o‘tkazdi.
70 kilogrammgacha vazn toifasida ringga chiqqan o‘zbekistonlik bokschi ukrainalik Aleksandr Kravchenko bilan to‘qnash keldi. Uch raund davom etgan keskin bahs yakunida hakamlar 4:1 hisobida Adhamjonov foydasiga qaror chiqarishdi.
Shu tariqa, Zulfiqor yarim finalga yo‘l oldi va kamida bronza medalini qo‘lga kiritishni ta’minladi.
Ushbu yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati (U-19) 2026 yil 16–27 oktyabr kunlari Budva shahrida xalqaro World Boxing tashkiloti himoyasi ostida o‘tkazilmoqda.
Musobaqada jahonning 69 mamlakatidagi 474 nafar yosh bokschi ishtirok etmoqda. Ular 20 ta vazn toifasida — o‘g‘il bolalar va qizlar uchun o‘ntadan — medallar uchun kurash olib bormoqda.
Izohlar (0)