Raqibimiz Janubiy Koreya termasiga chiqarilgan legionerlar haqida

CHERY AUTO

15 noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh saralashining so‘nggi bosqichida mehmonda Janubiy Koreya bilan baxs yuritadi.

Tecno

Janubiy Koreya terma jamoasi mazkur o‘yindan oldin Kanada bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Koreyaliklar bosh murabbiyi Ule Shtilike yuqoridagi ikki o‘yin uchun 25 nafar futbolchini terma jamoaga jalb etgan. Shtilikedan chaqiruv olganlarning aksariyati legioner futbolchilar sanalishadi. Jumladan, 8 nafar futbolchi Evropa qit’asidan terma jamoa ihtiyoriga kelishdi. Xo‘sh, ushbu futbolchilar o‘z klublarida qanday o‘yin ko‘rsatishmoqda. Umuman ularning holatlari qanday degan savollarga ushbu maqolamiz orqali javob olasiz. Bunda biz futbolchilarning so‘nggi bir oy ichidagi holatlarini nazarga olganmiz.

Son Xyon Min (“Tottenxem”, Angliya)
“Tottenxem”ning o‘tkazgan o‘yinlari soni: 8
Futbolchining o‘tkazgan o‘yinlari soni: 7 (5 ta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan, jami 451 daqiqa)
Gol: -
Assistentlik –

Li Chun Yun (“Kristal Pelas”, Angliya)
“Kristal Pelas”ning o‘tkazgan o‘yinlari soni: 4
Futbolchining o‘tkazgan o‘yinlari soni: 2 (1 ta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan, jami 84 daqiqa)
Gol: -
Assistentlik: -

Ki Sun Yun (“Suonsi”, Uels)
“Suonsi”ning o‘tkazgan o‘yinlari soni: 4
Futbolchining o‘tkazgan o‘yinlari soni: 4 (3 ta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan, jami 286 daqiqa)
Gol: -
Assistentlik –

Ku Ja Chol (“Augsburg”, Germaniya)
“Augsburg”ning o‘tjazgan o‘yinlari soni: 5
Futbolchining o‘tkazgan o‘yinlari soni: 5 (barcha o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushgan, jami 417 daqiqa)
Gol: 1
Assistentlik: -
Amalga oshirilmagan penalti: 1
Sariq kartochka: 1

Chji Don Von
“Augsburg”ning o‘tkazgan o‘yinlari soni: 5
Futbolchining o‘tkazgan o‘yinlari soni: 5 (barcha o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushgan, jami 450 daqiqa)
Gol: 1
Assistentlik: 1

Park Jo Xo (“Borussiya Dortmund”, Janubiy Koreya)
“Borussiya”ning o‘tkazgan o‘yinlari soni: 7
Futbolchining o‘tkazgan o‘yinlari soni: 2 (bir bor asosiy tarkibda maydonga tushgan, jami 75 daqiqa)
“Brondbyu”ning o‘tkazgan o‘yinlari soni: 4
Futbolchining o‘tkazgan o‘yinlari soni: 0 (barcha o‘yinlarda zahirada o‘tirgan. 0 daqiqa)

Xvang Xe Chan(“Red Bull Zaltsburg”, Avstriya)
“RB Zaltsburg”ning o‘tkazgan o‘yinlari soni: 7
Futbolchining o‘tkazgan o‘yinlari soni: 7 (3 ta o‘yinda asosiy tarkibda tushgan, jami 310 daqiqa)
Gol: 5
Assistentlik: -

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!