
6 iyun kuni O‘zbekiston - KXDR uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi
Mazkur o‘yin oldidan 6 iyun payshanba kuni "Milliy" stadionda ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.
Dastlab, soat 17:30da mehmonlar bosh murabbiyi jurnalistlar savollariga javob beradi. Keyin soat 18:00da KXDR terma jamoasining o‘yinoldi mashg‘uloti o‘tkaziladi. Soat 18:30da esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumani boshlanadi. Soat 19:00da esa O‘zbekiston milliy terma jamoasining mashg‘uloti bo‘lib o‘tadi.
Matbuot anjumani davomida OAV xodimlariga KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun akkreditatsiyalar tarqatiladi.
Fikrlar