
7 ta gol urilgan o‘yinda "Bayer" "Shtutgart"ni taslim qildi (video)
Germaniya Bundesligasining 20-turida “Bayer” o‘z maydonida “Shtutgart”ni qabul qildi.
“Bay Arena”dagi o‘yin gollar shousiga aylanib ketdi. 7 ta gol kiritilgan bahsda 5:2 hisobida “dorishunoslar”ning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Bayer” safida gollarni Kerem Demirbay (18', 31'), Leon Beyli (56'), Florian Virts (68') hamda Demaray Grey (84') kiritdi. “Shtutgart” safida esa ikkala golni ham Sasha Kalayjich (50', 77') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar