
7 yil oldin atigi 15 daqiqa o‘ynagan hujumchini terma jamoaga chaqirishdi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajarayotgan Li Karsli kutilmagan qaror qabul qildi.
Bu mutaxassis oktyabo oyidagi yig‘in va uchrashuvlarga “Tottenxem” hujumchisi Dominik Solankeni chaqirtirdi.
Solanke bungacha Angliya terma jamoasi bir marta maydonga tushgan. 27 yoshli hujumchi 2017 yil mamlakat bosh jamoasida debyut o‘yinini o‘tkazib, Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida 15 daqiqa harakat qilgan edi.
Aslida “Chelsi” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Dominik “aristokratlar” jamoasidan tashqari “Vitess”, “Liverpul”, “Bornmut”da o‘ynab, 2024 yilning yozida “Tottenxem”dan qo‘nim topdi.
London klubida forvardning ishlari yurishib ketdi. Oltita uchrashuvda uchta gol va bitta assist qayd etgan markaziy hujumchi terma jamoa murabbiylar shtabi nazariga tushdi.
Fikrlar