74 ta gol urgan hujumchini olamiz!
“Chelsi” yozgi transferlar davrida ko‘p gol ura oladigan hujumchi olishni rejalashtiryapti. “Aristokratlar” shu paytgacha “Napoli”ga tegishli bo‘lgan Viktor Osimxenni olishni rejalashtirib kelayotgan edi.
Football Transfers nashrining ma’lum qilishicha, londonliklarning rejasi o‘zgardi. Gap shundaki, Osimxenning transferi har qanday klubga qimmatga tushadi va murakkab jarayonni talab qiladi. Bundan tashqari, nigeriyalik to‘purar juda katta maosh talab qilayotgani ham “aristokratlar”ni boshqa hujumchi qidirishga majbur qildi.
“Chelsi” rahbariyati asosiy forvard pozitsiyasiga “Aston Villa” va Angliya terma jamoasi hujumchisi Olli Uotkinsni chorlayapti.
29 yoshli Uotkins jamoani yoshartirish siyosatini olib borayotgan “villaliklar” rejasiga kirmay qoldi va yozda o‘ziga boshqa jamoa topishiga to‘g‘ri kelyapti.
Uotkins Angliya Premer-ligasida 180 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 74 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 35 ta golli pas uzatgan.
Fikrlar