
78 daqiqa o‘ynagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? (foto)
Italiya A Seriyasining 5-turidan o‘rin olgan "Atalanta" - "Kalyari" bahsi o‘z yakuniga etdi. Uchrashuv mezbonlarning 0:2 hisobdagi g‘alabasi bilan tugadi.
Sardiniyaliklar safida harakat qiladigan legionerimiz Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va ikkinchi taymning 78-daqiqasida zaxiraga olindi.
Taniqli "SofaScore" portali uchrashuvdan so‘ng futbolchilarni baholab chiqdi. Unga ko‘ra, Eldor Shomurodov 6.9 ballga loyiq ko‘rildi.
Quyida ikkala jamoa futbolchilariga qo‘yilgan ballar bilan tanishishingiz mumkin.
Fikrlar