AGMK o‘z tarixida ilk bor Qarshida "Nasaf" ustidan g‘alabaga erishdi
Olmaliqning AGMK klubi bu tur Qarshiga, "Nasaf" maydoniga safar uyushtirdi. Mazkur bellashuvda Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, AGMK o‘z tarixida ilk bor Qarshida "Nasaf"ni mag‘lub etishga erishdi. Bunga qadar vohada o‘tgan o‘zaro 10 ta o‘yinning 8 tasida "ajdarlar"ning qo‘llari baland kelgan edi. Qolgan 2 ta bellashuvda esa durang natija qayd etilgan edi.
Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlar:
28.07.2018. "Nasaf" - AGMK 0:2
08.09.2017. “Nasaf” – “Olmaliq” 1:0
08.08.2016. “Nasaf” - “Olmaliq” 2:1
08.08.2015. “Nasaf” - “Olmaliq” 2:0
07.11.2014. “Nasaf” - “Olmaliq” 2:2
02.03.2013. “Nasaf” - “Olmaliq” 2:2
01.07.2012. “Nasaf” – “Olmaliq” 4:2
20.03.2011. “Nasaf” – “Olmaliq” 2:1
26.08.2010. “Nasaf” – “Olmaliq” 4:0
07.08.2009. “Nasaf” – “Olmaliq” 2:1
10.05.2008. “Nasaf” – “OTMK” 1:0

Fikrlar