AGMK o‘z tarixida ilk bor kubok finaliga chiqdi
Toshkentdagi “Milliy” stadionida kechgan bellashuv olmaliqliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan poyoniga etdi.
Shu tariqa, Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Qayd etish joiz, AGMK o‘z tarixida ilk bor kubok finaliga chiqdi. 2004 yilda tashkil etilgan jamoa 2008 yilgi mavsumda ham mazkur musobaqa yarim finaliga chiqqan, ammo final ostonasida aynan "Bunyodkor"ga mag‘lub bo‘lgan edi.
Ular endi billur sovrinni qo‘lga kiritish uchun “Paxtakor”ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 28 oktyabr kuni Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar