AIBA prezidenti o‘z lavozimini tark etdi
Vu Ching Kuo o‘z xohishiga ko‘ra Xalqaro havaskorlar boksi assotsiatsiyasi (AIBA) prezidentligini tark etdi, deya xabar beradi tashkilot matbuot xizmati.
– Men bu qarorni boksga bo‘lgan muhabbatim sababli qabul qildim. Men boks tashkilotining manfaatini ko‘zlab harakat qilaman, – deya ketishini izohlagan janob Vu.
AIBA uning o‘z xohishiga binoan ketganidan so‘ng janob Vuga nisbatan qilingan har qanday shikoyatni rad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, iyulda AIBAda mojaro kelib chiqqanligi ma’lum bo‘lgan edi. 24-25 iyul kunlari AIBAning Moskvadagi yig‘ilishida tashkilot ijroqo‘mining 13 a’zosi Vu Ching Kuoga ishonchsizlik bildirib, o‘z lavozimini tark etishni talab qilgan edi. Biroq o‘shanda u buni rad etgan. Hozirda ushbu lavozimni vaqtinchalik boshqarish AIBA vitse- prezidenti Franko Falchinelliga yuklatilgan.

Fikrlar