
APL. "Bornmut", "Vest Xem" hamda "Brayton" 15-turda g‘alabaga erishdi
"Bornmut" o‘z uyida "Xaddersfild"ni qabul qildi va "Vitaliti — Din Kort"da raqibdan 2:1 hisobida ustun keldi.
Mezbonlar safida gollarga Kallum Uilson va Rayan Freyzerlar mualliflik qilishdi. Bunga "Xaddersfild" safida Terens Kongolo bir bor javob qaytardi.
O‘z ochkolari sonini 23 taga etkazib olgan Eddi Xau shogirdlari turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Xaddersfild" esa 10 ochko bilan 17-pog‘onada bormoqda.
Parallel ravishda kechgan "Vest Xem" - "Kardiff Siti" va "Brayton" - "Kristal Pelas" uchrashuvlari esa mezbonlarning 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakuniga etdi.
Fikrlar