APL. “Chelsi” “Arsenal”dan alamini oldi

  • 4 fevral, 2017, 19:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Angliya chempionati 24-tur markaziy o‘yinida “Chelsi” o‘z maydonida “Arsenal” futbolchilarini qabul qildi.

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yinda “Chelsi” 3:1 hisobida zafar quchdi va birinchi davrada “Arsenal”dan uchralgan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat uchun alamini oldi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Markos Alonso Ektor Belerinni “nokautga” uchratgan holda hisobni ochdi.  

53-daqiqada Eden Azar hisobni orishdi. 85-daqiqaga kelib hisob yirik ko‘rinishni oldi. Petr Chexning xatosidan unumli foydalangan Sesk Fabregas gol muallifi bo‘ldi. O‘yin yakunida Olive Jiruning goli hisobning 3:1 ko‘rinish olishini ta’minladi.

Chelsi – Arsenal 3:1

Gollar: 1:0 – 13 Alonso, 2:0 – 53 Azar, 3:0 – 85 Fabregas, 3:1 – 90 Jiru.

Chelsi – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes (Zuma, 88), Pedro (Villian, 84), Kante, Azar (Fabregas, 84), Diego Kosta.

Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Belerin (Gabriel, 17), Koselni, Uolkott (Uelbek, 70), Oksleyd-Chemberlen, Sanches, Ozil, Ivobi, Koklen (Jiru, 65).

Ogohlantirishlar: Mustafi (23), Matich (70).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!