APL. "Manchester Siti" o‘z maydonida "Vest Bromvich"ga hech qanday imkon qoldirmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hozirgina Manchester shahridagi "Etixad" stadionida "Manchester Siti" hamda "Vest Bromvich" jamoalari o‘rtasida Angliya premer-ligasining 34-tur qoldirilgan bahsi bo‘lib o‘tdi.

Gollarga boy kechgan uchrashuvda Xosep Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" raqibiga hech qanday imkon qoldirishmadi. Yakuniy hisob 3:1.

Manchester, «Etixad» stadioni

«Manchester Siti» - «Vest Bromvich» - 3:1 (2:0)

Gollar: Jezus 27, De Bryuyne 29, Ture 57 – Robson-Kanu 87.

«Manchester Siti»: Kabalero, Kompani (Stouns 77), Kolarov, Otamendi, Ture (Fernando 81), Silva (Sabaleta 62), Fernandino, De Bryuyne, Aguero, Sane, Gabriel Jezus.

Bosh murabbiy: Xosep Gvardiola.

«Vest Bromvich»: Foster, Evans, Uilson (MakKlin 52), Nom, Douson, Fletcher, Brant, Yakob, Livermor (Morrison 65), Shadli, Rondon (Robson-Kanu 71).

Bosh murabbiy: Toni Pulis.

Ogohlantirishlar: Shadli 51, Douson 52, Sane 70. 

Bosh hakam: Pouson.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!