Agar Venger "Arsenal"da qolsa yozgi transferlar uchun 200mln funt sarflamoqchi

  • 12 aprel, 2017, 19:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londoning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger yozgi transfer kompaniyasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsiyalik mutaxassisga “Arsenal” tarkibini kuchaytirishi uchun 200 mln funt (235 mln evro)  kerak. “Kanonirlar” rahbariyati bu mablag‘larning asosiy qismini Mesut O‘zil, Jek Uilsher, Aleks Oksleyd-Chemberlen, Olive Jiru, David Ospina va Lukas Peres kabi futbolchilarning transferidan ishlab topmoqchi. Aleksis Sanches esa katta extimol bilan yana bir mavsum Londonda qolishi kutilmoqda.

“Arsenal” mavsumlar oralig‘ida o‘ziga darvozabon, 2ta qanot himoyachisi, 1ta yarim himoyachi, 2ta vinger va 1ta hujumchi harid qilishni rejalashtirmoqda. Yuqoridagi manbaaning ma’lum qilishicha, “to‘pchilar” Pikford ("Sanderlend"), Batlend ("Stok Siti"), Tirni, Dembele (ikkalasi - "Seltik"), Zaxa ("Kristal Pelas") va Lyakazett ("Lion") kabi futbolchilarni Londonga olib kelmoqchi.

Avvalroq agar "Arsenal" joriy mavsum Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa Arsen Venger yana ikki yil "to‘pchilar" safida qolishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!