Agueroning dubli "Manchester Siti"ga Angliya Superkubogini taqdim etdi

  • 5 avgust, 2018, 21:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Londondagi mashhur “Uembli” stadionida “Chelsi” hamda “Manchester Siti” klublari o‘rtasidagi Angliya Superkubogi bahsi o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Qiziqarli va shiddatli kechgan o‘yin taqdirini “shaharliklar” forvardi Serxio Agueroning kiritgan 2ta goli hal qildi. Shu tariqa “Siti” mavsumdagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.

"Chelsi" – "Manchester Siti" – 0:2

Gollar: Aguero, 13 – 0:1. Aguero, 58 – 0:2.  

"Chelsi": Kabalero, Aspilikueta, Ryudiger, David Luis, Alonso, Fabregas (Drinkuoter, 60), Jorjino, Barkli, Pedro (Mozes, 79), Xadson-Odoy (Villian, 59), Morata (Abraxam, 69).

"Manchester Siti": Bravo, Uoker, Mendi, Stouns (Gomes, 90+4), Laport (Otamendi, 87), Fernandino, Bernardu Silva, Foden (Dias, 76), Sane (Gyundogan, 46), Marez (Jezus, 68), Aguero (Kompani, 80).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!