Aka-uka Azarlar kim ko‘p gol urish bo‘yicha bahslashishmoqda
Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi forvardi Torgan Azar "Chelsi"dagi akasi Eden Azar bilan joriy mavsum kim ko‘proq gol urish borasida bahslashayotganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra ularning qay biri mavsumda kamroq gol ursa, o‘sha kechki ovqat olib beradi. Bu bahs so‘nggi bir necha yillardan buyon davom etib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Torgan Azar joriy mavsum hozircha 12ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 10ta gol urdi. 13ta o‘yinda ishtirok etgan Eden Azar hisobida esa hozircha 8ta gol mavjud.
Fikrlar