Aleksis jumbog‘i: «Siti» xatoni takrorlaydimi?
Aleksis Sanches yana bir marta «Etihad Stedium»ga tashrif buyuradi. «Barselona»da bo‘lgani kabi Pep Gvardiola chililik hujumchini o‘z jamoasiga olib kelishni istagandi. U bu transfer amalga oshishini kutayotgandi, ammo 2017-yil yozida kelishuv barbod bo‘ldi. Ehtimol u yanvarda kelar.
U «Manchester Siti»ga kela olmagan bo‘lsada, boshqa bir Manchester klubi «qizil iblislar» safiga o‘tdi. Biroq uni «Manchester Yunayted»da baxtli deb bo‘lmaydi.
«Arsenal»dagi faoliyati davomida bir gol uchun o‘rtacha 170 daqiqa sarflagan Aleksis «qizil iblislar» safida o‘rtacha 495 daqiqada gol urmoqda. U bunday statistika bilan Jeyms Traxovski, Sheyn Daffi va Harri Maguayrlarning ortidan bormoqda.
Sanches ko‘p marta o‘ziga o‘xshamagan va ishonchsiz tarzda harakat qilmoqda. Uni «Manchester Yunayted» jamoasiga o‘tib orzularidan birini amalga oshirgan vaqtida ideal jamoaga o‘tdi va sovrinlar yutib olishni boshlab yuboradi, degan o‘y-hayollar ko‘pchilikda bor edi.
O‘zgarish yo‘q
«Old Trafford»dagi natijalarni inkor qilib bo‘lmaydi. Markus Reshford va ayniqsa Antoni Marsyal uning kelishidan ko‘proq jabr ko‘rishdi. Jamoaning yangi vakiliga ko‘proq o‘yin amaliyoti beriladigan bo‘ldi. Ammo frantsiyalik hujumchi so‘nggi haftalarda o‘z o‘yinini qayta topib bormoqda. Markus ham o‘z saviyasini bir pog‘ona yuqorilatib oldi.
Sanches hozirda zaxiradan tushadigan eng qimmat futbolchi maqomini his qilib o‘tiribdi. MYu uzoq yillar katta maosh bermay kelardi. Biroq o‘shanday futbolchilardan biri o‘ng qanot vingeri Genrix Mxitaryan ketdi va uning o‘rniga chap qanot vingeri bo‘lgan Sanchesni olib kelishdi.
Ammo Sanchesning «Etihad»ga o‘tishi borasidagi serial undan ham qiziqarli. O‘tgan yozda «to‘pchilar» Sanches transferiga Rahim Sterlingni qo‘shishni taklif qilishgandi. Ammo «shaharliklar» ushbu transferi ijobiy natija keltira olishini yaxshilab o‘ylab ko‘rishganidan keyin transfer amalga oshmadi. O‘shandan keyin faqatgina Muhammad Saloh Sterlingdan ko‘proq chempionat gollarini kiritdi.
Rahimning etakchiga aylantirilishi Gvardiolaning murabbiylik salohiyatini sinovdan o‘tkazdi. O‘tgan mavsumda so‘nggi daqiqalarda ko‘p gol urgan aynan angliyalik hujumchi bo‘ldi. Uning qutqaruvchi gollari u ketganida jamoasini cho‘ktirib yuborishi aniq edi. Ular imzolamoqchi bo‘lgan futbolchi asosan EChLda kerak edi. Sanchesni Chempionlar Ligasidagi «muhim janglar»da tushirish niyat qilingandi.
Qiyin tanlov
Yanvarda voqealarning keskin burilishi sodir bo‘lishi mumkin. «Shaharliklar» Sanchesning yuqori maosh talab qilishini ko‘tara olmasligi mumkin. Boisi klub kechagina Sterling bilan yangi shartnomaga imzo qo‘ydi va yana bir klub etakchisi Kevin De Bryuyne bilan muzokaralar olib borishi kerak.
MYu hamon Angliyaning boy klubi hisoblancada, yuqori maoshli futbolchilarni o‘zida saqlashi qiyin masala. Sanchessiz «Manchester Siti» yulduzsiz mashinaga o‘xshaydi. Ular transferlar uchun katta pul sarflayotgan bo‘lsada yuqori profilli futblchilarni olib kelmayapti.
Shu yozda Gvardiola jamoasiga Riyod Mahrezni olib keldi. Mahrez yangi jamoasidagi gollari soni Sanchesning MYudagi hamma gollaridan ham ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Jazoirlik hujumchi yirik uchrashuvlarda o‘zini ko‘rsata olmoqda va bu Sanchesga bo‘lgan ehtiyojni sezilarli kamaytirmoqda.
Biroq Mahrezning o‘ng qanotda o‘ynashi Sterlingning vazifalarini o‘zgartirib yubormoqda. Gvardiolaning katta uchrashuvlardagi rejasi – yangi vakilini o‘ng qanotga, Sterlingni chap qanotga o‘tkazishdan iborat bo‘lmoqda. Bunday pozitsiyaga u Sanchesni ko‘rishni istardi. O‘tgan mavsumda bu nuqtani Leroy Sane butunlay yopgan bo‘lsa, Mendining safga qaytishi kataloniyalik murabbiyning muammolarini ancha kamaytirdi.
Sane yangi mavsumda klubda unchalik ko‘rinish berayotgani yo‘q. Agarda Sanches kelsa u Gvardiolaning «Marsyali»ga aylanishi turgan gap. Rahim esa o‘zining o‘ng qanotiga qaytgan bo‘lardi.
Keraksiz transfer
Sanchsening kelishi nafaqat vingerlarga balki Agueroga ham to‘g‘ridan-io‘g‘ri tahdid. Baxtga qarshi Maradonaning kuyovi yangi mavsumida yuqori sport formasini ko‘rsatmoqda. O‘ziga ishonchi susaygan Jezus esa anti-Sterlingni namoyish qilmoqda. Aguero murabbiyning talablarini oxiri tushunib etgandek, kerakli vaqtda zarba yo‘llashda adashmayapti.
Sanchesning «Manchester Yunayted»dagi natijalariga qarab xulosa qilish mumkinki, MYu azaliy raqibining rejalarini to‘xtataman deb o‘zi izidan chiqib ketganini ko‘rish mumkin. «Shaharliklar» yanvarda ham katta ehtimol bilan chililik futbolchini uning ko‘rsatayotgan o‘yini sabab olib kelmasa kerak. Bu xatoni «qizil iblislar» qildi. Ehtimol Gvardiola buni takrorlamasa kerak.
Fikrlar