Alkantaraning jarohati jiddiy ekanligi tasdiqlandi

  • 23 noyabr, 2017, 13:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq “Bavariya” yarim himoyachisi Tyago Alkantara kecha “Anderlext”ga qarshi (2:1) EChL 5-tur o‘yinida og‘ir jarohat olgani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Ispaniyalik futbolchi raqibi bilan to‘pga kurashda noqulay tarzda maydonga tushib, oyog‘ini shikastlab oldi. Bu hodisa birinchi bo‘lim yakunida sodir bo‘ldi. Alkantaraning o‘rniga maydonga Xames Rodriges tushdi.

Bugun myunxenliklar sport direktori Xasan Salixamijich Alkantaraning jarohati rostan ham jiddiy ekanligi haqidagi xabarni tasdiqladi.

“Alkantara ehtimol uzoq muddatga safdan chiqqandir. Bu bir necha oy bo‘lishi mumkin. Bu mushaklar bilan bog‘liq jiddiy jarohat. Albatta, Robben va Alkantaraning jarohat olgani bizni hafa qildi”, - deydi Salixamijich Sport1 nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!