
Alvares Kovalevni nokautga uchratdi va chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi
Sergey Kovalev kolumbiyalik Eleyder Alvaresga qarshi ringga ko‘tarilib nokautga uchradi va chempionlik kamaridan mahrum bo‘ldi.
7 raundning o‘zidayoq Alvares rossiyalik bokschini ikki marotaba nokdaunga uchratganidan so‘ng hakam bahsni to‘htatishga majbur bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Eleyder prof faoliyati davomida 24ta bahsda ishtirok etib biror marta ham engilmagan. Kovalev 32ta jang o‘tkazib 3 marta mag‘lub bo‘lgan va 1ta uchrashuvi durang natija bilan yakunlangan.
Fikrlar