Alvaro Morata: Ronalduning "Yuventus"ga o‘tishini avvaldan bilganman
Londonning "Chelsi" klubi forvardi Alvaro Morata Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga o‘tishini avvaldan bilgan.
“Yozda “Yuventus” vakillari bilan uchrashganimda ular qaysi futbolchi bilan shartnoma imzolashlarini aytishgan. Ammo men bunga ishonmagandim. Xatto, ota-onam ham ushbu transferning amalsha oshishiga ishonishmagandi. Men bu haqda Jahon chempionati boshlanishidan avval eshitgandim. Yakunda esa u “Real”ni tark etib, boshqa bir buyuk jamoaga borib qo‘shildi. Bu juda yaxshi qaror. “Yuve” xuddi “Real” kabi katta jamoa”, - deydi ispaniyalik futbolchi.

Fikrlar