Amerikalik bokschi Golovkinni mensimayapti
Professional boksning IBO, WBA Super, WBC, IBF yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Gennadiy Golovkinning salohiyatini amerikalik bokschilar tan olgisi kelmayapti.
To‘rtta vaznda jahon chempioni bo‘lgan Edrien Broner ham Floyd Meyzezerning fikrini qo‘llab quvvatladi. Meyvezer Gennadiy Golovkin jahon reytingi etakchisi Saul Alvaresga qarshi ringga chiqadigan bo‘lsa nokautga uchrashini ta’kidlagan eli.
- Men ham Floydning fikriga to‘la qo‘shilaman, - dedi Edrien Broner. - Agar Kell Bruk ham haqiqiy o‘rta vazn sohibi bo‘lganida Golovkinni nokaut qilardi.

Gennadiy Golovkini sentyabrda Kell Brukka qarshi jangda zafar quchgandi. Endi u chempionlik kamarlarini 18 mart kuni bo‘ladigan bellashuvda AQSh vakili Daniel Jakobsdan himoya qiladi.

Fikrlar