Amerikalik bokschi ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Amerikalik bokschi Erik Molina antidoping qoidalarini buzganligi uchun ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi.
Britaniya antidoping agentligi (UKAD)ning xabar berishicha, Molina 11 dekabr kuni britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi jang oldidan topshirgan doping nazorati ijobiy chiqqan edi. O‘shanda uning organizmidan taqiqlangan modda deksametazon topilgan.
Molinaning diskvalifikatsiyasi 2017 yil 28 oktyabridan kuchga kirgan. Amerikalik bokschi 25 may kuni polshalik Mariush Vaxga qarshi ringga chiqishi kerak edi.

Fikrlar