
Ana xolos! Kosielni JCh-2018da Frantsiyaning yutqazishini xohlagan
Yaqindagina Frantsiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan "Arsenal" himoyachisi Loran Kosielni frantsuzlarning JCh-2018da g‘olib chiqqanidan uni ranjitganini aytdi.
“Men ularning JCh-2018da muvaffaqiyatli ishtirok etishini istagandim, ammo, shu bilan birga ularning mag‘lub bo‘lishini ham xohlagandim. Ha, bu xudbinlik, lekin bu hayot. Ba’zilar aytishi mumkin: “Sen qanday qilib Frantsiyaning mag‘lubiyatini xohlading?”. Lekin o‘sha paytda o‘zimni shunday his qildim. Frantsiyaning g‘alabasi menga jarohatimdan ko‘ra ko‘proq ruhiy ta’sir qildi”, - deydi Kosielni.
Fikrlar