Ana xolos! MYu premer-ligada 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan taqdirda ham EChL yo‘llanmasisiz qolishi mumkin

  • 01.03.2019 22:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor ayni damda Angliya premer-ligasida "Liverpul" va "Manchester Siti" klublari chempionlik uchun qizg‘in kurash olib borishmoqda. Ammo, EChL yo‘llanmasini beruvchi 3- va 4-o‘rinlar uchun "Tottenxem", "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" kabi grand klublar jiddiy kurash olib borishmoqda.

Keling agar mavsum quyidagicha yakunlanadi deb tasavvur qilamiz: 1. "Liverpul", 2. "Manchester Siti", 3. "Arsenal", 4. "Manchester Yunayted". Biroq, agar “Tottenxem” Chempionlar ligasida g‘olib chiqsa va “Chelsi” Evropa ligasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritsa ushbu ikki jamoa o‘z-o‘zidan kelgusi mavsum EChL yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Bunday vaziyatda esa MYu garchi 4-o‘rinni egallasa ham klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasida ishtirok etolmasligi mumkin. Chunki, UEFA qoidalariga ko‘ra EChLda bir mamlakatdan 5tadan ortiq klub ishtirok etishi mumkin emas.

UEFAning avvalgi qoidasiga ko‘ra ushbu yo‘llanma 4tani tashkil etar edi. 2011/12 yilgi mavsumda “Tottenxem” ushbu qoida qurboni bo‘lgan edi. O‘shanda “shporlar” APLni 4-o‘rinda yakunlashgan, biroq, yakunda Chempionlar ligasi yo‘llanmasisiz qolishgan edi. Chunki, o‘sha mavsum “Chelsi” garchi premer-ligada 6-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsada, mavsum yakunida EChLda chempion bo‘lishgani uchun “Tottenxem”ni Chempionlar ligasidan mosuvo qilishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
02/03/2019 00:21
Если бы у бабушки были яйца была бы она дедушкой
&
darwesh
01/03/2019 23:07
Бу тахминлардан факат челси европа лигасини ютиши мумкин. Ким ишонади арсенал 3чи уринни олишини ва тотенхемни ечл ни ютишини
&
Лео Месси
01/03/2019 22:53
Буни АПЛ деб қўйишипти