Ana xolos! Makgregor Habib o‘tirgan avtobusga xujum qildi
Aralash yakkakurashlar jangchisi Konor Makgregor Xabib Nurmagomedov va boshqa jangchilar o‘tirgan avtobusga xujum uyushtirdi. Ushbu avtobusda 7 aprel kuni UFC 223 doirasida ishtirok etishi kerak bo‘lgan jangchilar bor edi.
Konor avtobus oynalariga qarata bir-necha stullarni otgan, bu vaziyatda Maykl Kiesa va Rouz Namayunas ga jarohat etqazildi.
Shuni aytish joizki, Nyu-York politsiyasi irlandiyalik sobiq chempionni izlashga kirishgan. UFC prezidenti ushbu vaziyatni shou tarihida eng jirkanch harakat deb atadi.

Fikrlar