Ana xolos! PSJ "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinni tomoshabinlarsiz o‘tkazishi mumkin
Chempionlar ligasi guruh bosqich doirasida Parijda "Tsrvena Zvezda"ga qarshi kechgan o‘yinda sodir bo‘lgan holatlar yuzasidan UEFA PSJni jiddiy jazolashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, o‘sha kuni o‘yindan oldin parijlik muxlislar stadionda politsi xodimlariga qarata tutun chiqaruvchi vositalarni uloqtirishgan edi. UEFA esa ushbu holatni ayni damda sinchkovlik bilan o‘rganib chiqmoqda.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra UEFA qo‘llashi mumkin bo‘lgan jazolar orasida PSJning Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi uy uchrashuvini tomoshabinlarsiz o‘tkazishi ham bor.
Ma’lumot uchun, PSJ va “Manchester Yunayted” jamoalari o‘rtasidagi nimchorak final uchrashuvlarining dastlabkisi 12 fevral kuni "Old Trafford"da, javob bahsi 6 mart kuni "Park de Prens"da bo‘ladi.

Fikrlar