Anastasiya Pavlyuchenkova navbatdagi g‘alabasini nishonladi

Rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkova va gollandiyalik Kiki Bertens "Australian Open" turnirining ikkinchi davrasida o‘zaro raqobatlashdi.

Ular o‘rtasidagi uchrashuv  1 soat 48 daqiqa davom etdi. Unda Anastasiya 3:6, 6:3, 6:3 hisobida raqibi ustidan g‘alaba qozondi

Shu tariqa Avstraliya ochiq chempionatining uchinchi davrasida Pavlyuchenkova belaruslik Aleksandra Sosnovichga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!